BADIIY ADABIYOTDA HAJVIY ASARLARNING JANR MOHIYATI

Authors

  • Axmadova Xonzoda Sotiboldi qizi Navoiy davlat pedagogika instituti Ingliz tili va adabiyoti II bosqich magistranti

Keywords:

Badiiy adabiyot, hajviyot, janr, obraz, tarjima nazariyasi, syujet, diskursiv tahlil, yumor, satira.

Abstract

Badiiy adabiyotda hajviy asarlarning janr xususiyati jihatidan tahlili ularning mazmun va mohiyatini to`laroq ochib berishda va hajviyot haqida tasavvur hosil qilishda yordam beradi. Hajviy asarlarning janr sifatida jamiyatda mavjud bo`lgan illatlar hamda achchiq haqiqatlarni kulgi ortida namoyon qilishi kitobxonni tanqidiy fikrlashga undaydi. Garchi hajviyalar janr, syujet hamda obraz jihatidan atroflicha tahlil qilingan bo`lsada, ularning tarjima jarayoni bilan bog`liq asosiy tushunchalar haqida juda oz bilimga egamiz. Ushbu maqolada komediyalar tarjimasi va bu jarayonda yuzaga kelishi mumkin bo`lgan badiiy qiyinchiliklar yechimi ko`rib chiqiladi. Shuningdek, hajviy asarlar janr, syujet, yo`nalish hamda obraz jihatidan guruhlarga ajratildi va ularning o`zaro o`xshash hamda farqli tomonlari o`rganildi. Hajvnavislikning uslubiy yo`nalishlari orasidan satira va yumor kuchli ta`sirga ega ekanligi aniqlandi. Shuningdek,ushbu janr nafaqat nasrda, balki she`riyatda ham kuchli ildiz otganligi tahlil qilindi. Ushbu maqola hajviyotning badiiy diskursda janr sifatidagi xususiyatiga hamda komediyalar tarjima detallarining mukammalligiga e`tibor qaratadi. Shu bilan birga, mazkur tadqiqot hajviy asarlarning jamiyat ongidagi o`rni va ta`siri haqida ham ma`lumot beradi.

References

1. Haqberdiyeva,M. Said Ahmadning dramaturglik mahorati, Qarshi Davlat universiteti BMI, 2018.B-14-16

2. Lear,N. A Case for Irony, Harvard university press, 2011.B-56

3. Mutallibov,S. Morfologiya va leksika tarixidan qisqacha ocherk, Toshkent,1959.B-21

4. Normatov,U. Said Ahmad[Adabiy portret], Toshkent “O`qituvchi”, 1984.B-19

5. Quronov,D. Mutolaa va idrok mashqlari, Toshkent akademnashr, 2013. B-13

6. Said Ahmad. Tanlangan asarlar, Toshkent, 2000. B-60

7. Saitov,S. Jahon va o`zbek adabiyotida hajviy tip yaratish muammosi, ta`lim va rivojlanish tahlili jurnali, 2024. B-143

8. Toshkanov,S. Hajv tig`i, “Sharq yulduzi” jurnali, 1992. B-7

Downloads

Published

2024-10-20