BIRLAMCHI TIBBIY SANITARIYA YORDAMINI YAXSHILASHDA TIBBIY SAVODXONLIKNING O’RNI.
Keywords:
Birlamchi tibbiy sanitariya yordam, Tibbiy savodxonlik, Jamoat salomatligi, Sog‘lom turmush tarzi, Kasalliklarning oldini olish, Tibbiy bilim va ko‘nikmalar, Ijtimoiy-iqtisodiy natijalar, Sifatni oshirish, Tibbiy yordam xizmatlari, Yangi yondashuvlarAbstract
Ushbu maqola birlamchi tibbiy sanitariya yordamini yaxshilashda tibbiy savodxonlikning ahamiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tibbiy savodxonlik jamiyat salomatligini saqlash va mustahkamlashda asosiy omillardan biri hisoblanadi. Tadqiqotda aholi orasida tibbiy bilim va ko‘nikmalarni oshirishning birlamchi tibbiy yordam xizmatlarining sifatini oshirishga bo‘lgan ta’siri tahlil qilingan. Shuningdek, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, kasalliklarning oldini olish va davolash jarayonida tibbiy savodxonlik darajasining ijtimoiy-iqtisodiy natijalarga ta’siri o‘rganilgan. Maqola natijalari birlamchi tibbiy sanitariya xizmatlarini rejalashtirish va amalga oshirishda yangi yondashuvlarni joriy etish uchun nazariy va amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi.