TOGʻAY MURODNING “OYDINDA YURGAN ODAMLAR” QISSASINING KOMPOZITSIYA QURILISHI.

Authors

  • Mexribon Soliyeva Olimjon qizi. Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti Jurnalistika va o’zbek filologiyasi fakultetini birinchi kurs kunduzgi bosqich talabasi

Keywords:

From the characteristics of the characters to the construction of the plot, the treatments given to the composition of the text help the reader to understand what the writer wants to say and what is the solution

Abstract

xalqimizning sevimli yozuvchisi Togʻay Murodning “ Oydinda yurgan odamlar “ qissasi bugungi- 21- asrning dolzarb masalasiga aylanib ulgurgan – koʻp ajrimlilik muammosiga yechim topishda , bu muammoni kamaytirishda oʻz hissasini qoʻshadi. Undagi sabr – toqat , sadoqat, oila muqaddas dargoh ekanligini bevosita singdirishda oʻz xizmatini o’tagan bir qator adabiy unsurlar muhim ahamiyatga ega. Personajlarning xarakteristikasidan tortib syujet qurilishi, matn kompozitsiyasiga berilgan ishlovlar kitobxonga yozuvchining nima demoqchi ekanligini , qanday yechim borligini anglashda ko’maklashadi. Bunda muallif syujet unsurlaridan  shu qadar ustalik bilan foydalanadiki, o’quvchi ongida o’sha davr voqealarini jonlantira oladi.  Boshqa qahramonlar : Oymomo va Qoplanning hayot tarzini turli xil kiritma epizodlari orqali yana aniqroq tasvirlab beradi.Shu bilan birga , unga bogʻliq holda , Togʻay Murod asarda matn kompozitsiyasini mahorat bilan shakllantirganligi tufayli insonlar oʻqish jarayonida hech qanday toʻsiq, qiyinchilik va muammolar bilan yuzma-yuz kelmaydi. Bu qissada kompozitsiyaning barcha unsurlaridan samarali ravishda foydalanilgan va bu asarning ta’sirchanligini , qiziqarli ekanligini ta’minlab beradi. Davrlarning ketma-ketligi, voqea- hodisalarning  bir – birini izma – iz davom ettira olishi orqali qahramonlarning xayollari to’g’ridan to’g’ri real hayotga ko’chadi. Asar shu qadar tartib bilan tuzilganki , o’qirmon buni zavq – u shavq bilan o’qiydi va hatto asar qahramonlari bilan birga yashaydi, ularning tuygʻularini his eta boshlaydi, yigʻlasa yigʻlaydi , kulsa kuladi ..... Ko’rinib turibdiki, bu yozuvchining buyuk isteʼdod egasi ekanligidan darak beradi. Bu maqolada aynan Togʻay Murod “ Oydinda yurgan odamlar” qissasida qaysi unsurlardan foydalangani va bundan tag maʼno nima ekanligi ochiladi.

References

1.Togʻay Murodning Oydinda yurgan odamlar” qissasi.

2.Dilmurod Quronovning “ Adabiyot nazariyasi asosari “ kitobi .

3.Aristotelning “ Poetika “ kitobi.

Downloads

Published

2024-12-01